Murojaatga oid hujjatlar o‘rganilgandan so‘ng, dastlab turar joy buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy zararni qoplash bo‘yicha Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudiga daʼvo ariza kiritildi. Sudning 2023 yil noyabr oyidagi hal qiluv qarori bilan daʼvogar foydasiga javobgardan jami 81,4 so‘m undirish belgilandi.
Lekin, oradan ancha muddat o‘tgan bo‘lishiga qaramay sud qarori ijrosi taʼminlanmagani uchun Ombudsman taqdimnomasi kiritildi.
Taqdimnomani ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, daʼvogarga 10 yildan ortiq muddat davomida ololmagan 76,7 mln so‘m miqdoridagi kompensatsiya mablag‘lari undirilishiga erishildi.
Hozirda ijro hujjati bo‘yicha undiruvchi foydasiga qoldiq qarzdorlik 4,7 mln so‘mni undirish yuzasidan ijro harakatlari olib borilmoqda.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati