2010 yildan buyon faoliyat yuritayotgan ushbu muassasa 105 o‘ringa mo‘ljallangan. Bemorlar shifoxonaga sud qarori bilan qabul qilinadi va davlat byudjeti hisobidan davolanadi.
Monitoring tashrifida shifoxonada bemorlarning yashash, davolanish, ovqatlanish sharoitlari, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalarining saqlanishi kabi holatlar o‘rganildi.
Shuningdek, bemorlar bilan yakka tartibda suhbatlashildi. Suhbat davomida shifoxonadagi xodimlar va shart-sharoitlar bo‘yicha shikoyatlar bo‘lmadi.
Monitoringda ayrim kamchiliklar ham ko‘zga tashlandi. Tegishli qonun hujjatlarda majburiy davolanayotgan shaxslar mavsumiy kiyim-bosh bilan taʼminlanishlari shart ekanligi belgilangan bo‘lsada ularga kiyim-kechaklar berilmagan.
Shuningdek, shifoxona ichimlik suvi bilan taʼminlanmagan. Hozirgi paytda yerosti-artezian suvidan foydalanib kelinmoqda.
Monitoring tashriflari yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli davlat tashkilotlariga tavsiyalar kiritiladi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati