Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qibray tumanidagi fuqaroning 51 mln so‘mlik jarimasi bekor qilindi – Ombudsman
Toshkent viloyati, Qibray tumanida yashovchi fuqaro N.N. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakiliga unga qo‘llanilgan jarimani bekor qilishda amaliy yordam so‘radi.  U o‘z murojaatida tabiiy resurslarga egalik huquqini buzgani vaji bilan Kadastr agentligi Qibray tuman bo‘limi tomonidan qo‘llanilgan 51 mln so‘m miqdordagi jarima jazosini belgilanganligini maʼlum qildi.

Mintaqaviy vakil fuqaro N.N. murojaati asosida joyiga chiqib  o‘rganish o‘tkazdi. Aniqlanishicha, devor bilan o‘ralgan 280 m² hudud Qibray tuman hokimining 2005 yildagi qarori asosida fuqaroning onasi fuqaro N.K.ga obodonlashtirish uchun ajratilgan va ushbu yer maydon uchun 18 yil yer solig‘i to‘lab kelingan. Hozirda ushbu hududga ga 25 tub har-xil turdagi mevali daraxtlar ekilgan. Yaʼni, fuqaro obodonlashtirish uchun ajratilgan yer maydonini devor bilan o‘rab olgan halos, u yerda qurilish ishlarini amalga oshirmagan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, fuqaro N.N.ning jarima jazosini bekor qilish to‘g‘risida Jinoyat ishlari bo‘yicha Qibray tuman sudiga daʼvo ariza kiritildi. Sud qaroriga ko‘ra fuqaro N.N.ga qo‘llanilgan 51 mln so‘m miqdordagi jarima jazosi bekor qilindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati