Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Andijon “Saxovat” internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirildi
2024 yilning 18 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili(ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili G.Abduvohidova Andijon “Saxovat” internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik boshqarmasi vakili ham ishtirok etdi.

110 o‘ringa mo‘ljallangan Andijon “Saxovat” internat uyi 1983 yildan buyon faoliyat yuritadi. 

Monitoringda ushbu muassasada yashovchi qariyalarni yashash, ovqatlanish, ularga tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlarini sifati va boshqa sharoitlari o‘rganildi. 

Shuningdek, shu yerda yashayotgan onaxon va otaxonlar bilan yakka tartibda suhbatlashildi.

Monitoring yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Ombudsman mintaqaviy vakilining tavsiyalari berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati