Qayd etish lozim, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ushbu muassasaga amalga oshirgan monitoring tashriflarida ushbu kasalxona ayol mahkumalarga ham xizmat ko‘rsatishi kerakligini tavsiya qilgan edi. Ombudsman bu muassasada boshqa yopiq muassasalardan farqli o‘laroq, tibbiy xodimlar yetishmasligi bilan bog‘liq muammolar yo‘qligi, barcha turdagi tibbiyot mutaxassislari o‘rni band qilinganiga eʼtibor qaratgan.
Mazkur kasalxona terapiya, nevrologiya, jarrohlik, stomatologiya, diagnostika, sil kasalliklari kabi 20 ta bo‘limga va 2 ta laboratoriyaga ega, shuningdek u yerda murakkab jarrohlik amaliyotlari ham o‘tkaziladi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati