Xabarda 20 yoshli qiz turmushi davomida uzoq muddat sobiq eri tomonidan kaltaklangani, shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lingani, giyohvand moddalarini qabul qilishga zo‘rlangani qayd etilgan.
Ombudsman Kotibiyati xodimlari xabardagi jabrlanuvchi qiz va uning opasi bilan suhbatlashdi. Qizning qayd etishicha, muqaddam sudlangan va giyohvand moddalar qabul qiluvchi sobiq eri ustidan bir necha marotaba ichki ishlar organi xodimlariga murojaat qilgan. Lekin, shu paytgacha hech qanday natija bo‘lmagan.
Ushbu holat Ombudsman nazoratiga olinib, ishga taalluqli bo‘lgan hujjatlar o‘rganildi hamda Bosh prokuraturaga nazorat xati kiritildi. Bu borada yana qo‘shimcha maʼlumot taqdim etiladi.
Ombudsman ushbu holatni qonun talablari doirasida ko‘rib chiqilishi, voqeaning barcha jihatlarini ochiq va adolatli surishtiruvini taʼminlashni so‘raydi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati