Unda 70 nafarga yaqin fuqarolar murojaatlari qabul qilindi. Murojaatlarda pensiya, sud qarori ijrosini taʼminlash, uy-joy ajratish, meros, ishga tiklash, ijtimoiy va moddiy yordam olish, mehnat munosabatlari, ijro organlari harakatidan norozilik, xususiy mulk bilan bog‘liq holatlar hamda sud-tergov jarayonlariga oid masalalar ko‘tarildi. Bir qancha murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga tegishli huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.
Qabul davomida olingan murojaatlarning barchasi Ombudsman nazoratiga olinib, ularning baʼzilari joyiga chiqib o‘rganish uchun Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin. Ularning ism-shariflari, vazifalari, qabul kunlari, manzili va telefon raqamlari haqida ombudsman.uz sayti orqali maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati