Tadbirda ishtirok etgan mas’ul idora vakillari ishtirokchilarni mehnat huquqlarini himoya qilish, imtiyozli kreditlar olish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati bilan tanishtirishdi.
Ochiq muloqotda 16 nafardan ortiq fuqarolarning uy-joy ajratish, pensiya, kadastr va nafaqa masalalari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun subsidiya olish hamda sud masalalariga oid savollariga batafsil javob berildi.
Shu kuni Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakilining sayyor qabuli o‘tkazilib, fuqarolar murojaatlari nazoratga olindi.
Unda 20 nafarga yaqin fuqarolar uy-joy, subsidiya ajratish, ijtimoiy yordam olish, kadastr, kommunal xizmatlar hamda pensiya bilan bog‘liq masalalarda murojaat qilishdi.
Murojaatlar mavzusidan kelib chiqib, qabulga tuman hokimi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, “Madad” NNT vakillari va boshqa tashkilot vakillari jalb etildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati