Tadbirda Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi “Ishga marhamat” monomarkazi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.
Aholi bilan ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda Ombudsmanga ushbu hududdan yuborilayotgan murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalar yuzasidan masʼul idora va tashkilotlar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tadbir o‘zaro savol-javob va qizg‘in muhokamalarga boy tarzda o‘tdi.
Shu kuni Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili tomonidan fuqarolar qabuli ham tashkil etilib, murojaatlar nazoratga olindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati