Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Namangandagi "Keksalar bog‘i"da yashovchi nuroniylar holidan xabar olindi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili Namangan viloyati Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazining “Keksalar bog‘i”da yashovchi nuroniylar holidan xabar oldi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PQ-410 sonli qaroriga muvofiq, Namangan "Saxovat" keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyi hozirgi Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markaziga o‘zgartirilgan hamda uning hududida nuroniylarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil qilish maqsadida “Keksalar bog‘i” tashkil etilgan.

Mazkur muassasa 120 ta o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, shundan 70 ta o‘rin nuroniylar uchun, 50 ta o‘rin xususiy xizmatlar uchun ajratilgan. Tashrif davomida ushbu markazda doimiy ravishda 61 nafar nuroniylarning  davolanayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Mintaqaviy vakil tomonidan mazkur uyda yashovchi otaxon va onaxonlar bilan suhbatlashilganda, ular muassasada yaratilgan barcha sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Tashrif davomida nuroniylarning mazmunli vaqt o‘tkazishlari uchun musiqa xonasining va qo‘l mehnati bilan shug‘ullanishlari uchun tikuv xonasining mavjudligi, u yerda yashovchilar uchun kutubxona faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, mazkur muassasada fizioterapiya va boshqa davolash xizmatlari faoliyat yuritayotganligiga guvoh bo‘lindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati