Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Penitensiar muassasalarga o‘rnatilgan “Ombudsman quti”laridagi murojaatlar muntazam o‘rganilmoqda
Hozirda Respublika bo‘ylab 50 ga yaqin harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarga 350dan ortiq “Ombudsman quti”lari o‘rnatilgan. Ular orqali mahkum va mahbuslar murojaatlari qabul qilinadi. Ushbu qutilar har oyda 2 marotaba faqatgina Ombudsman xodimlari tomonidan ochiladi va murojaatlar o‘rganiladi.

Ushbu qutilar ular videokameralardan xoli va mahkum va mahbuslar uchun qulay joylarga o‘rnatiladi. Bu esa mahkum va mahbuslarga shikoyatlarini bevosita, xavfsiz va maxfiy tarzda yuborish imkonini beradi. Bu mahkumlarning muammolarini eshitish va ularni hal etishdagi muhim vosita hisoblanadi.

2024 yilning 26 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman)ning Buxoro viloyati mintaqaviy vakili A.Huseynova 17-son Jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirilgan  “Ombudsman quti”laridagi murojaatlarni qabul qildi. Murojaatlar bilan tanishilib, shu kunning o‘zida murojaat mualliflari bilan yakka tartibda suhbatlashildi.

Maʼlumot uchun: Oliy Majlis Senatning 52-yalpi majlisida maʼqullangan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunda mahkumlarning Ombudsmanga murojaatlar qutisi orqali murojaat qilishi, murojaat qilish qutilarining o‘rnatilishi, ochilishi, foydalanishi, shuningdek, murojaatlarni yuborish tartibi yangi normada belgilanmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati