Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Sirdaryodan yuborilayotgan murojaatlar asosida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
 Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan ochiq muloqotlar va fuqarolar qabullarida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushgan edi. Shundan kelib chiqib, 2024 yilning 26 avgust kuni Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi 3-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida navbatdagi “Ombudsman maktabi” tadbiri ayni shu masalada o‘tkazildi. Unda “Soyibobod”, “Mevazor”, “Baxmal”, “Ishonch” mahallalaridagi 65 nafarga yaqin fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Tadbirda dastlab, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati, tegishli maʼmuriy tartib-taomillar tushuntirildi.

Qayd etish lozimki, “Ombudsman maktabi” tadbirlarida aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan mavzular ushbu hududdan yuborilgan murojaatlar mazmunidan kelib chiqib tanlanadi.

“Ombudsman maktabi” doirasida Ombudsman mintaqaviy vakilining hamda  tuman hokimi va Davlat kadastrlar palatasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘ining fuqarolar qabullari tashkil etildi va fuqarolar murojaatlari qabul qilindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati