Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Andijondagi 3-son tergov hibsxonasidan yuborilgan murojaatlar o‘rganilmoqda
2024 yilning 11 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili G.Abduvohidova 3-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unga jamoatchilik vakillari ham jalb etildi.

Monitoringda mahbuslarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish, advokat va tergov xonalari va boshqa sharoitlar o‘rganildi.

Mahbuslar bilan yakka tartibda va jamoaviy suhbatlashilib, ularga nisbatan muomala va sharoitlar  haqidagi fikrlari o‘rganildi. Shuningdek, murojaatlari qabul qilinib, nazoratga olindi.

Monitoringda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha muassasa maʼmuriyatiga tavsiyalar berildi.

Eslatib o‘tamiz, Ombudsman tomonidan qiynoqlarni oldini olish maqsadida amalga oshirilgan monitoring tashriflarida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tayyorlangan tahliliy maʼlumotlar Oliy Majlis palatalariga taqdim etib kelinmoqda.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati