Aniqlanishicha, murojaatchi ancha yil oldin O‘zbekiston hududiga ko‘chib kelgan. 2013 yilda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga turmushga chiqib, qonuniy nikohdan o‘tgan.
Mazkur murojaat Ombudsman tomonidan ko‘rib chiqilib, ishga oid barcha hujjatlar o‘rganildi. “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra, nikoh tuzilganidan keyin uzluksiz uch yil O‘zbekiston hududida yashaganligini hisobga olib, IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga tegishli qonunchilikka asosan o‘rganib chiqilishi uchun Ombudsman murojaati yo‘llandi.
Shundan so‘ng maʼlum qilinishicha, hujjatlar o‘rganilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuborilgan.
Keyinchalik murojaat muallifining xabar berishicha, unga 2024 yil 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berilgan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati