Joriy haftada Surxondaryo, Andijon, Namangan viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Ombudsman maktabi» tadbirlari tashkil etildi.
Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tadbirda “Yangi shahar”, “Jiydali”, “Do‘stlik”, “Bog‘aro”, “Azlarsoy”, “Yangi obod”, “Novshahar”, “Yangi yer”, “Mustaqillik”, “Bobolochin”, “Imom tepa”, “Guliston”, “O‘zbekiston 5 yilligi”, “Bo‘ston”, “Paxtaobod”, “Karsaqli”, “Yangi avlod”, “Ochamayli”, “Bobtog‘”, “Boymoqli”, “Arslonboyi” mahallalarida yashovchi 200 nafarga yaqin aholi qamrab olindi.
Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanidagi tadbirda “Qashqar”, “Chaqqon-1”, “Suvyulduz”, “Ors” mahalla fuqarolari, Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi tadbirda “Qoramurt”, “Alixon”, “Qorabog‘” va “Saroy” hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumanida o‘tkazilgan tadbirda tumanning “Qorao‘zak”, “Yesim”, “Ata makan” mahallarida yashovchi fuqarolar ishtirok etishdi. Tadbirlarga jami 400 nafardan ortiq aholi qamrab olindi.
Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilinganda eng ko‘p murojaatlar aholi bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish, ijtimoiy yordam olish hamda uy-joy bilan bog‘liq masalalarga to‘g‘ri kelayotgani aniqlandi. Shuning uchun «Ombudsman maktabi» tadbirlari uchun ayni shu mavzular tanlab olindi hamda tadbirlarda aholini qo‘llab-quvvatlash borasida ularga berilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan oddiy va xalqchil tilda xabardor qilish maqsad qilindi.
Tadbirlarda shuningdek, 2024 yilning 7 avgust kuni Davlat rahbari tomonidan imzolangan «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining mazmun-mohiyati ham tushuntirildi.
“Ombudsman maktabi” doirasida Ombudsman mintaqaviy vakilining hamda uchrashuvlarda ishtirok etgan davlat organlari va tashkilotlari vakillarining ham fuqarolar qabullari tashkil etilib, fuqarolar murojaatlari qabul qilindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati