Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘zbekiston va Finlyandiyaning inson huquqlari yo‘nalishidagi hamkorligi mustahkamlanmoqda
2024 yilning 19 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) instituti va Xelsinki universiteti Qonun ustuvorligi markazi eksperti, Finlyandiya Adliya kansleri o‘rinbosari Mikko Puumalaynen o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Onlayn muloqot davomida Mikko Puumalaynen joriy yilda O‘zbekistonga tashrif buyurib, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyati bilan tanishganini va Ombudsman Kotibiyati xodimlari bilan muloqotda bo‘lganini alohida taʼkidladi. Tashrif mobaynida Ombudsman institutning murojaatlar bilan ishlash tizimining raqamlashtirilganligi, penitensiar muassasalarga amalga oshirilgan monitoring tashriflari hamda mahkum va mahbuslar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi haqida ko‘plab maʼlumotlarga ega bo‘lganligini qayd etdi.

Shuningdek, ekspert Mikko Puumalaynen mamlakatdagi konstitutsiyaviy jarayonlarda Ombudsmanga qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish huquqi berilganining juda katta yangilik sifatida eʼtirof etdi.

Uchrashuvda Ombudsman o‘rinbosari Bekzod Narimanov maʼruza bilan ishtirok etib,  inson huquq va erkinliklarini taʼminlash sohasidagi faoliyat, amalga oshirilayotgan hamda rejalashtirilayotgan yo‘nalishlar bilan tanishtirdi. Maʼruzada shuningdek, Ombudsman o‘z faoliyati davomida jamoatchilik, fuqarolik jamiyati institutlari va NNT vakillari bilan hamkorlikda ishlashiga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida hamkorlikni yana-da mustahkamlash va yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati