Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Huquqlarimni kim ta’minlaydi?” Maktablarda “Ombudsman soat”lari o‘tkazilmoqda
Toshkent shahridagi 289-sonli, Sirdaryo viloyatidagi 4-sonli, Xorazm viloyati Urganch shahridagi 16 va 24-sonli, Namangan viloyatidagi 1-sonli, Farg‘ona viloyatidagi 16 va 17-sonli hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanidagi 38 va 39-sonli umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari uchun “Ombudsman soat”lari tashkil etildi.

“Mening qanday huquq va erkinliklarim bor?” mavzusida o‘tkazilgan darslarda interaktiv metodlardan foydalanildi.  O‘quvchilarga hayotiy vaziyatlar misolida o‘z huquqlaridan to‘g‘ri foydalanish, bunda o‘zgalarning huquqlariga tajovuz qilib qo‘ymaslik to‘g‘risida ma'lumotlar yetkazildi. Shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyati haqidagi videoroliklar namoyish etildi.

O‘zaro savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan darslarda o‘quvchilar inson huquqlariga oid ko‘plab bilimlarni o‘zlashtirishdi.

“Ombudsman soat”lari o‘quvchilarning inson huquq va erkinliklari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash maqsadida respublika bo‘ylab Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati