Shu kunga qadar, bu kabi seminar-treninglar Toshkent shahri, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro, Samarqand viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarda 170 nafardan ortiq ishtirokchilar qamrab olindi.
Hozirda ushbu ishtirokchilarning ko‘pchiligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovida nomzod sifatida ro‘yxatga olingan.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni parlament saylovlarida deputatlikka nomzod sifatida faol qatnashish ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha navbatdagi seminar-trening Surxondaryo viloyatida o‘tkaziladi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati