Shundan kelib chiqib, 2024 yilning 24 sentyabr kuni Buxoro viloyati Kogon shahrida o‘tkazilgan “Ombudsman maktabi” tadbirida ayni masalalar bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi. Unda “Bunyodkor”, “Istiqlol”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Maqtumquli”, “Arabxona” mahallalarida yashovchi 100 nafarga yaqin aholi qamrab olindi.
Tadbirda ishtirokchilarning aholi bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish, sifatli ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, pensiya, ijtimoiy nafaqa va kompensatsiya to‘lovlarini olish tartibi bo‘yicha huquqiy savodxonligi oshirildi. Shuningdek, “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ahamiyati haqida xabardor qilindi.
Maʼlumot uchun: "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida"gi Qonunning 202-moddasida Vakil fuqarolarning inson huquqlari va erkinliklari sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari va xalqaro shartnomalari, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari hamda normalari to‘g‘risidagi bilimi va xabardorligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rishi belgilangan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati