Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Sirdaryoda Ombudsman mintaqaviy vakilining navbatdagi sayyor qabuli tashkil etildi
Xabaringiz bor, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan ko‘p murojaatlar kelib tushadigan chekka hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda. 

Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakilining navbatdagi sayyor qabuli eng ko‘p murojaatlar yuborilayotgan hudud - Mirzaobod tumanida o‘tkazildi. 

Qabulda 30 nafarga yaqin fuqarolar uy-joy, kadastr, yer solig‘i, ijtimoiy yordam olish bilan bog‘liq masalalarda murojaat qilishdi.

Shu kuni Mirzaobod tumanida yashovchi aholining huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” tadbiri ham tashkil etildi. Tadbirda “Navbahor”, “Bahoriston”, “Haqiqat” va "Yo‘ldoshobod" MFYda yashovchi fuqarolar qamrab olindi.

Tadbirga tegishli davlat idoralari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari jalb etilib, ular ishtirokchilarni kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, mehnat huquqlarini himoya qilish bo‘yicha huquqiy xabardorligini oshirishdi. Shuningdek, aholiga "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati ham tushuntirildi. 

Fuqarolar bilan ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda ushbu hududdan Ombudsmanga yuborilgan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati