Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘quvchilarga o‘z huquqlarini talab qila olishdagi muhim ko‘nikmalar berilmoqda
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Ombudsman soati” loyihasi doirasida o‘quvchilarning inson huquq va erkinliklari bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan darslar tashkil etildi. Bu loyiha yosh avlodning huquqiy savodxonligini oshirish va o‘z huquqlarini himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Loyiha doirasidagi navbatdagi tadbirlar Respublikamizning turli hududlarida, jumladan, Andijon viloyatidagi 1-sonli, Sirdaryo viloyatidagi 10, 12 hamda 15-sonli, Xorazm viloyatidagi 24 va 29-sonli, Surxondaryo viloyatidagi 12-sonli, Buxoro viloyatidagi 12 va 30-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktablari hamda Buxoro shahridagi Prezident maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun o‘tkazildi.

Ombudsmanning mintaqaviy vakillari o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, amaliy mashg‘ulotlarni savol-javoblar va qizg‘in muhokamalar bilan boyitdilar. Shuningdek, darslar yana-da qiziqarli bo‘lishi uchun interaktiv usullardan foydalanildi. Ularda videoroliklar namoyish etildi va olgan maʼlumotlarini yana-da esda qolishi uchun rolli o‘yinlar tashkil etildi. Bu tadbirlar orqali yoshlar o‘zlarining shaxsiy, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va madaniy huquqlari haqida ko‘proq maʼlumot olish bilan birga, ularni hayotda qanday qo‘llashni o‘rgandilar.

"Ombudsman soati" loyihasi doirasida yoshlarga kelajakda huquqlarini himoya qilishlari uchun muhim ko‘nikmalarni berishga qaratilgan darslar respublika bo‘ylab o‘tkazib kelinmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati