Toshkent davlat yuridik universitetining talabalariga Ombudsman institutining inson huquqlarini himoya qilishdagi roli, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, talabalar Ombudsmanning jamoatchilik vakillari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari, monitoring va nazorat faoliyati, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik loyihalari haqida ham bilib olishdi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy tajriba bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati