Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Surxondaryodagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkum va mahbuslar sharoitlari o‘rganildi
2024-yilning 30-oktabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili A.Artiqov 9-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda jamoatchilik vakili, Nuroniylar jamg‘armasining Termiz shahar bo‘limi raisi ham ishtirok etdi.

Monitoring tashrifida dastlab, sovuq kunlar boshlanganligi munosabati bilan hibsxonaning kuz va qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi va  issiqlik qozonxonalarining ishchi holatda ekanligi aniqlandi.

Shuningdek, mahbuslarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlari, oziq-ovqat mahsulotlari hamda dori-darmon vositalarini saqlash holati, shuningdek, xo‘jalik ishlariga jalb etilgan mahkumlarning mehnat sharoitlari o‘rganildi.

Hibsxonadagi xo‘jalik ishlariga jalb etilgan va jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga yaratilgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi. Aniqlanishicha, mahkumlar uchun uzoq muddatli uchrashuv xonalari ajratilgan va kerakli jihozlar bilan taʼminlangan.

Shuningdek, mahkumlarning yotoq joylari, yuvinish xonalari, kutubxona va savdo do‘koni ham ko‘zdan kechirildi.  Ular bilan yakka tartibda va jamoaviy suhbatlar o‘tkazilib, ularning hibsxona haqidagi fikrlari o‘rganildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati