Maishiy zo‘ravonlik, toza atrof muhitga bo‘lgan huquq hamda shaxsiy va iqtisodiy huquqlarning buzilishiga oid murojaatlar Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan ishchi guruh tuzilgan holda o‘rganildi.
Mazkur shikoyatlarning ba’zilari joyida hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlarga oid hujjatlar to‘planib, o‘rganib chiqilmoqda. O‘rganish natijalariga bo‘yicha tegishli ta’sir hujjati tayyorlanadi.
Fotolavhada Ombudsmanning Buxoro va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillarining murojaatlarni o‘rganish jarayoni tasvirlangan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati