Kuni kecha ushbu hibsxonaga qayta monitoring tashrifi amalga oshirildi va kamchiliklar qabul qilingan normativ hujjatlarga muvofiq bartaraf etilgani aniqlandi. Jumladan, hibsxonaga sun’iy shamollatish tizimi (ventilyasiya) o‘rnatildi va cho‘milish xonalari tashkil etildi. Kameralar kerakli jihozlar va radioeshittirish vositalari bilan jihozlandi va ularga tabiiy yorug‘lik yetarli darajada tushishi ta’minlandi. Ba’zi tavsiyalar ijrosi bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Monitoring tashrifi davomida mahbuslar bilan ham suhbatlashilib, ularning hibsxonadagi sharoitlar haqidagi fikrlari o‘rganildi va murojaatlari qabul qilindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati