Uchrashuvda talabalarga yurtimizda insonlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Ombudsmanning aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalariga o‘tkazilayotgan monitoring tashriflari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.
O‘zaro erkin muloqot shaklida o‘tgan o‘quv mashg‘uloti davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi va inson huquqlariga oid bilimlarini yana-da mustahkamlashdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati