Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘quvchilarga ekologik huquq va majburiyatlarini anglashga qaratilgan muhim ko‘nikmalar berilmoqda
Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Ombudsman soati" loyihasi doirasidagi darslar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Bu loyiha yosh avlodning huquqiy savodxonligini oshirish va o‘z huquqlarini himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Mamlakatimizda 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili deb eʼlon qilingani munosabati bilan maktablarda o‘quvchilarning ekologik huquq va majburiyatlarini tushunishga qaratilgan navbatdagi “Ombudsman soati” darslari o‘tkazildi.

Loyiha doirasidagi tadbirlar Nukus tumanidagi 1 va 21-sonli, Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi 25, 26, 29 va 31-sonli, Andijon shahridagi 3 va 39-sonli, Xorazm viloyati Yangibozor  tumanidagi 4 va 5-sonli, Surxondaryo viloyatidagi 28-sonli umumtaʼlim maktablari hamda Buxoro shahridagi 23 va 42-sonli Ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi yuqori sinf o‘quvchilari uchun tashkil etildi.

“Atrof-muhitni muhofaza qilish - kelajakka g‘amxo‘rlik” mavzusida o‘tkazilgan darslarda interaktiv metodlardan foydalanilib, yoshlarga mavzu doirasida Ombudsman tomonidan tayyorlangan videodars namoyish etildi. Shuningdek, o‘quvchilar bilan mavzuga doir bilimlari yana-da mustahkamlanishi hamda darslarda olgan maʼlumotlari yana-da esda qolarli bo‘lishi uchun savol-javob va qizg‘in muhokamalar olib borildi.

Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tomonidan o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda o‘quvchi yoshlarga tabiatni asramasdan inson huquqlari va manfaatlarini taʼminlash mumkin emasligi tushuntirildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati