Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
xabar
Tajimuratov Jo‘qorg‘i Kengesdan qonuniy miting o‘tkazish bo‘yicha ruxsat olganmidi? 
11 Yan
Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni o‘z ishini davom ettirmoqda.
Jazoni ijro etish departamenti tizimida xizmat qilayotgan xodimlar uchun o‘quv mashg‘uloti tashkil  etildi
09 Yan
2023 yilning 07 yanvar kuni Buxoro viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tizimida xizmat qilayotgan xodimlarning huquqiy bilimlarini yana-da oshirish maqsadida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Oltinchi mintaqaviy hududga kiruvchi Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan jazoni ijro etish muassasalari shaxsiy tarkibi uchun tashkil etilgan tadbirga Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Xuseynova taklif qilindi.
Nukusdagi tartibsizliklar bo‘yicha sud jarayonlarida videomateriallar bo‘yicha ko‘rsatmalar olindi
06 Yan
Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni 4 yanvardan boshlangan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatiga nazar
04 Yan
Fuqarolarimizdan qanday murojaatlar kelib tushadi? Ular qay tartibda o‘rganiladi? Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik va aloqalar qay tarzda olib boriladi? Bu va boshqa savollarga batafsil ko‘rsatuvimiz orqali javob olasiz
Komissiya aʼzolari sud jarayonlarining barcha bosqichlarida ishtirok etishmoqda
22 Dek
Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ochiq sud jarayonida ko‘rib chiqish davom etmoqda.
Xotin-qizlar huquqlarini qonunchilik darajasida taʼminlash mexanizmini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
22 Dek
2022 yilning 22 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi  (YUSAID) bilan hamkorlikda "Xotin-qizlar huquqlarini qonunchilik darajasida taʼminlash mexanizmini takomillashtirish – Ombudsman, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalarining ustuvor vazifalaridan biridir" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman va AQSH IRI Xalqaro Respublika Instituti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
20 Dek
AQSH IRI Xalqaro Respublika Instituti vakillaridan iborat delegatsiya aʼzolarining mamlakatimizga tashrifi doirasida “Fuqarolar manfaatlariga yo‘naltirilgan qonun ijodkorligi bo‘yicha ishonchli parlament tadqiqotlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolari, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ishtirok etdi.
Raqamli muhitda bolalarni qanday himoya qilish mumkin?
16 Dek
Joriy yilning 13-15 dekabr kunlari poytaxtimizda Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani), YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB)ning Odam savdosiga qarshi kurash dasturi va YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda “Raqamli muhitda bolalarni himoya qilish” mavzusida uch kunlik trening o‘tkazildi.
O‘zbekistonning bolalar va ayollarni nizoli hududlardan olib kelish va ularni jamiyatga moslashtirish bo‘yicha tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etilmoqda
15 Dek
2022 yilning 15 dekabr kuni Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova BMTning Bolalar tashkiloti YUNISEFning konsultanti Rozali Lord bilan uchrashdi.
Xalqaro inson huquqlari kuni munosabati bilan mini-futbol bo‘yicha “Ombudsman kubogi” musobaqasi o‘tkazildi
12 Dek
Aholi salomatligini mustahkamlash Davlat rahbarining doimiy eʼtiborlarida bo‘lgan masalalardan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha oilalar, sinflar, mehnat jamoalari va hududlar o‘rtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazish belgilangan.
8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
08 Dek
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) jamoasi xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi bilan muborakbod etadi
Ombudsman va Kasaba uyushmalari Federatsiyasining quyi qatlamlarida hamkorlik memorandumlari imzolanmoqda
07 Dek
2022 yil 7 dekabr kuni Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyat kengashi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.