Joriy yilning 4-7 sentyabr kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida joylashgan bir qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarga, xususan, 7-son tergov hibsxonasi va 37-son Manzil-koloniya, maxsus qabulxona, reabilitatsiya qilish markazi, Payariq, Ishtixon, Nurobod, Urgut va Tayloq tumanlari hamda Samarqand shahar Ichki ishlar organlarining vaqtincha saqlash hibsxonalariga monitoring tashriflari amalga oshirildi.