Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman aralashuvi bilan murojaatchiga nafaqa puli va kredit olish uchun sertifikat berildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (Ombudsmanga) Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi B.Sh. murojaat qilib, ishga joylashish va nafaqa puli undirib berishni so‘rab murojaat qilgan edi.

Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, barcha taqdim etilgan hujjatlar asosida viloyat hokimligi bilan hamkorlikda o‘rganib chiqildi. Murojaatchining ijtimoiy holatidan kelib chiqib uning 2 nafar 14 yoshgacha bo‘lgan farzandlariga nafaqa puli tayinlandi

Fuqaro B.Sh.ning turmush sharoiti yaxshilash maqsadida unga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kredit olishga sertifikat taqdim etildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati