Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi
2022 yilning 20 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Roli Astxana bilan uchrashdi.

O‘zaro muloqot davomida dastlab mehmonlarga mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash, aholi murojaatlari bilan ishlash jarayoniga yangi mexanizmlarning tatbiq etilishi, qiynoqlarni oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, so‘z erkinligini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.

Ombudsman institutining faoliyat yo‘nalishlari hamda so‘nggi yillarda inson huquqlarini taʼminlash yo‘lida amalga oshirilgan islohotlar haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, Ombudsman huzuridagi Qiynoqlarning oldini olish Milliy preventiv mexanizmi doirasida jamoatchilik guruhlari bilan harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari, ularda fuqarolik jamiyati institutlari va OAVlarining ishtiroki haqida to‘xtalindi.

Uchrashuv so‘ngida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar berildi.

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha   vakili (Ombudsman) Axborot xizmati