Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Namangan viloyatidagi yopiq muassasalar sharoitlari o‘rganildi
2022 yilning 21-22 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyati xodimlari va Ombudsmanning Namangandagi mintaqaviy vakili tomonidan Namangandagi harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga monitoring tashrifi amalga oshirildi.

Dastlab, Namangandagi IIB vaqtincha saqlash hibsxonasidagi  mahbuslarni yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish sharoitlari o‘rganildi. Monitoring davomida hibsxonada saqlanayotgan shaxslar bilan jamoaviy suhbatlar o‘tkazilib, o‘z murojaatlarini qoldirishlari mumkinligi tushuntirildi.

Shuningdek, vaqtincha saqlanayotgan shaxslar bilan o‘tkazilgan yakkama-yakka tarzdagi suhbatlarda saqlash hibsxonasidagi xodimlarning ularga nisbatan munosabati, qiynoq holatlari bo‘yicha fikrlari o‘rganildi.

Ombudsman Kotibiyati xodimlarining keyingi manzil viloyat ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasi bo‘ldi. O‘rganish jarayonida shifoxonada bemorlarga tibbiy muolajalar ko‘rsatish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilganiga guvoh bo‘lindi. Lekin, bemorlarga ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash bo‘yicha kamchiliklar aniqlandi va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya  ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan viloyat mintaqaviy filiali o‘rganilganida, qayta rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan bo‘lsada, bemorlarga qulay shart-sharoitlar yaratilgani aniqlandi.

Uychi tumanidagi 6-sonli tergov hibsxonasiga o‘tkazilgan monitoring tashrifida ham mahbuslarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish sharoitlari bo‘yicha kamchiliklar aniqlanmadi. Hibsxona binosining katta ekanligi va mahbuslar sonidan kelib chiqib “Ombudsman qutisi”ni har bir qavatga joylashtirish tavsiya etildi. Monitoring o‘tkazilgan kunda binoda bittagina “Ombudsman qutisi” bor edi.

Shuningdek, Namanganga tashrif doirasida Pop tumanidagi jazoni ijro etish koloniyasi hamda viloyat IIB Maxsus qabulxonasidagi sharoitlar ham o‘rganilib, taklif va tavsiyalar berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati