Shuningdek, matbuot anjumani Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston ombudsmanlari, Turkiya Parlamenti aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida so‘zga chiqqan O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston ombudsmanlari tomonidan mazkur Assotsiatsiyani taʼsis etilishi bugungi kunda Turkiy tilli davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni yana-da mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Shuningdek, matbuot anjumanida ishtirok etgan Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim mazkur Assotsiatsiya taʼsis etilganligi munosabati bilan barchani tabriklab, dunyoda ko‘plab global va mintaqaviy tuzilmalar mavjudligini qayd etib, ushbu platforma turkiy xalqlarning hamkorligini taʼminlash maqsadida tashkil etilganligini alohida eʼtirof etdi.
Shuningdek Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar Assotsiatsiyasi taʼsis etilganligi esa hamkorlikda olib borayotgan ishlarimizning mantiqiy davomi ekanligi taʼkidlandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (ombudsman) Axborot xizmati