Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Ko‘rinmas” bolalar
O‘zbekistonda bolalarni o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazmaslik va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarning yo‘qligi holatlari uchramoqda. Shu tariqa, bolalar ijtimoiy himoya tizimi tashqarisida, yaʼni davlat organlari uchun “ko‘rinmas” bo‘lib qolmoqda – ular taʼlim, tibbiy va ijtimoiy yordamdan mosuvo qolyapti, ular chet elga chiqa olmaydi, meros ham ololmaydi. Bolalar ombudsmani Aliya Yunusova bu holat davlat organlarining bunday bolalarni aniqlash bo‘yicha harakatlari yetarli darajada muvofiqlashtirilmagani, bu ham byurokratik yondashuv, balki o‘z vazifalariga, jumladan, ota-onalarga nisbatan beparvo munosabatning oqibati ekanligini taʼkidlaydi. Bu omillar bolalarning ismi, familiyasi, fuqarolikka bo‘lgan buzilgan huquqlarini tiklashga to‘sqinlik qiladi.

— Yaqinda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan o‘tkazilgan monitoring doirasida shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan 300 nafar shaxs, shu jumladan, bolalar aniqlangani haqida xabar bergan edingiz.

– Hammasi to‘g‘ri. Bu maʼlumot meni qiziqtirdi, chunki men yaqinda shunga o‘xshash ish bilan shug‘ullangandim – 10 yil davomida hujjat ololmagan Anna ismli qiz. Buvisi ko‘plab idoralarga murojaat qilgan, lekin hamma joyda u taskin bermaydigan, shunchaki rasmiyatchilik uchun beriladigan javoblarni olgan.

Agar bolaning qonuniy vakili bo‘lmasa, onasi boshqa joyda bo‘lsa, u holda bu “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq qizcha ota-ona qaramog‘isiz qolganligi sababli uning ijtimoiy himoyasiz qolganligini anglatadi. Buvisining qonuniy vasiy ekanligini ko‘rsatadigan hech qanday hujjati yo‘q. Natijada, qizcha ko‘p yillar davomida maktabga bora olmagan.

Qiz menga murojaat qildi, u onasining oldigan bormoqchi ekanligini aytdi, lekin ketish uchun hujjatlari yo‘q edi. Bolalar huquqlari bo‘yicha Vakil idorasi bu holatni ijobiy hal qilib berdi. Sud qarori asosida unga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma berildi.

– Vasiylik organlari haqida nima deyish mumkin?

– Baʼzida shunchaki ularning pozitsiyasi tushunarsiz bo‘ladi. Axir bu hujjati yo‘qligi tufayli maktabga bora olmayotgan bolaning taqdiri-ku. To‘satdan o‘ziga nimadir bo‘lishidan va bu bola kim bilan qolishidan xavotirda bo‘lgan buvisining ham taqdiri. Biz qo‘shimcha ravishda Xalq taʼlimi vazirligiga ham, vasiylik va homiylik organlariga ham so‘rov yubordik. Bu masalani hal etish yuzasidan Oliy suddan maslahat oldik. So‘ngra vasiylik va homiylik organlari tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudga daʼvo arizasi taqdim etildi. Shuni taʼkidlashni istardimki, ota-onaning vasiyligi bo‘lmagan hollarda vasiylik organlari bolaning qonuniy vasiyi hisoblanadi va bola uchun javobgar bo‘ladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 142-moddasida, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. Vasiylik organlari ushbu bolalarning manfaatlarini ko‘zlab ishlashlari shart. Bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha barcha boshqarmalar o‘rtasida mazkur masala yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Bola huquqlari haqida gapiradigan bo‘lsak, asosiy huquqlardan biri bolaning individuallik huquqidir. Yaʼni, agar bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bo‘lmasa, demak, shunga ko‘ra, uning barcha huquqlari avtomatik ravishda buziladi. Bola bor, lekin hujjatlarga ko‘ra u mavjud emas.

Viloyat hokimlari bola huquqlari bo‘yicha komissiyalar raislari bo‘lganligi sababli viloyat hokimliklariga tegishli ko‘rsatma va so‘rovlar yuborildi. Samarqand viloyatining ikki tumanida bu holat alohida o‘rganildi.

– Buning sababi nimada?

– Biz to‘rt nafar farzandining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi yo‘q oila bilan uchrashdik. Buning sababini joyida o‘rgandik. Bu oilaning eng katta farzandi 10 yoshda, hali ham tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi yo‘q. Maʼlum bo‘lishicha, bolaning ota-onasi bilan nikohsiz yashaydi. Sababi, bolalarning onasida pasport yo‘q. Ikki farzand uyda, ikkitasi tibbiyot muassasasida dunyoga kelgan. Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma yo‘q. Bu holat kishini hayratda qoldirdi.

Ayolning pasporti bo‘lmagani uchun erkak va ayol nikohni rasmiylashtira olmagan. Savol: Bunday muammolarni hal qilishda yordam ko‘rsatishi kerak bo‘lgan ichki ishlar organlari qayerda edi? Bu yillab davom etmasligi kerak. Ayol qayta-qayta homilador bo‘lgan, yaʼni u mahallada, poliklinikada propiskada bo‘lishi, tug‘ilganidan keyin ro‘yxatga olinishi kerak edi va hokazo.

– Demak, bolalar emlanmagan, tegishli tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan …

– Ha, baʼzan joyida oddiy haqiqatlarni tushuntirishga to‘g‘ri keladi. Bolalar bog‘chaga, maktabga borishmagan. Natijada bu bolalar sog‘liqni saqlash va taʼlim tizimidan ham chiqib ketishadi, ular “daftarlar” tizimi orqali ham yordam ololmaydi.

Keyin biz boshqa oilaga bordik, birinchi ayolning ishi bo‘yicha tajribaga ega bo‘lganimiz uchun, bir hafta ichida erkakka hujjatlar berildi.

– Qandaydir qo‘lda boshqarishga o‘xshaydi … 

–  Byurokratik xarakterga ega muammolar ham bor. Hozirda 300 nafar hujjatsiz fuqarodan 200 nafarga yaqini bolasining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lishdi. Bu boradagi ishlar yangi tashkil etilgan bolalar huquqlarini taʼminlash tizimi, viloyat, tuman (shahar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish bo‘limlari faoliyati tufayli tezkorlik bilan amalga oshirildi. Yaqin kelajakda qo‘shimcha so‘rovlar yuboramiz.

Qolgan holatlar bo‘yicha hujjatlar FHDYO yoki adliya organlariga yuborildi. Agar bola 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, hujjatlar bilan bog‘liq masala FHDYO tomonidan hal qilinadi. 16 yoshdan keyin bu sudda amalga oshiriladi.

Ombudsman bolaning hujjatsiz qolib ketishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda mahalla hokimiyatlari nima sababdan bong urmaganidan xavotirda edi.

Mansabdor shaxslar uchun bir kun – bu shunchaki oddiy bir kun. Bolalar huquqlari bo‘yicha Vakil idorasida esa biz har bir kun muhim rol o‘ynaydigan bolaning taqdiri haqida gapiramiz. Ushbu bekor to‘xtalib turgan vaqt bolaning O‘zbekiston Respublikasi qonuni, Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya bilan kafolatlangan huquqlarini amalga oshirishini cheklaydi.

Bunday holatlarning oldini olish kerak. Bunday holatlarning har bir aniqlanishi bilan vasiylik organlari darhol javob berishga va bolaning buzilgan huquqlarini tiklash uchun barcha choralarni ko‘rishga majburdirlar. Birinchidan, ism, familiya, fuqarolik huquqi va shunga mos ravishda unga kafolatlangan barcha huquqlar. Mansabdor shaxslarning har qanday eʼtiborsizligi bolani bolalikdan mahrum qiladi.

– Bunday holatlarning oldini olish uchun qanday tizimli ishlarni amalga oshirish zarur?

– Bolalarda hujjat yo‘qligi bilan bog‘liq bu holat har bir viloyat, tuman (shahar) hokimi qatori alohida nazoratimizda ham bo‘lib, katta eʼtirofga sazovor bo‘ldi.

Afsuski, o‘z farzandining qonuniy vakili bo‘lib, faollik ko‘rsatmay, bolalarni ro‘yxatga olishni kechiktirayotgan ota-onalarning ham maʼlum bir aybi bor. Bular chekka hududlar, qishloqlar bo‘lishi mumkin, shu bilan birga huquqiy savodxonlikning pastligi ham muhim rol o‘ynaydi.

Hozir bolalarni ro‘yxatga olishning elektron tizimi yaxshi ishlayapti, lekin bundan 10-15 yil avval sodir bo‘lgan holatlar ham mavjud.

Biz bolalarning har qanday vaqtda buzilgan huquqlarini tiklaymiz. Ayni paytda davlat organlarida ham bunday holatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi, ularni zudlik bilan hal etish zarurligini tushuntirib, targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Bola huquqlari o‘zaro bog‘liq va ajralmasdir. Bu yerda, albatta, ularni buzgan shaxslar javobgarlikka tortilishi kerak.

Shuningdek, bola huquqlarini himoya qilishda masʼul davlat organlari – sog‘liqni saqlash, maktabgacha taʼlim, xalq taʼlimi, huquqni muhofaza qilish va sud organlari, shuningdek, bolalar manfaatlari yo‘lida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga ega.

Dana Oparina