Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman: sobiq IIV xodimlarining mehnat huquqlari tiklandi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) mehnat huquqlarining buzilishi, jumladan noqonuniy ishdan bo‘shatish holatlari bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushadi. Bu murojaatlar o‘rganilib, qonun buzilish holatlari aniqlangan taqdirda tegishli davlat idoralariga Ombudsmanning asoslantirilgan xulosalari va so‘rov xatlari kiritilishi natijasida ko‘plab murojaatchilar ishga tiklangan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (Ombudsmanga) ichki ishlar tizimida faoliyat yuritgan va noqonuniy ishdan bo‘shatilgan 3 nafar sobiq xodim tomonidan murojaat kelib tushgan va ular Ombudsman nazoratiga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga xulosa taqdim etilgan.

Natijada Ombudsman xulosalari inobatga olinib, hozirda har barcha murojaat mualliflari bor maxsus unvoni bilan IIV kadrlar safiga qo‘shilib, oradagi uzilish davrini xizmat muddatiga qo‘shgan holda xizmatga tiklandi va o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Qayd etish lozimki, so‘nggi yillarda ichki ishlar tizimida tarkibiy va tashkiliy o‘zgarishlar amalga oshirilib, xodimlarning 85 foizi quyi tizimga o‘tkazildi. Bu jarayonda turli sabablarga ko‘ra xizmatdan bo‘shatilgan va hozirda xizmatni davom ettirish istagini bildirgan sobiq xodimlarni o‘z joyiga tiklash ham maʼlum bir vaqt talab etadi.

Mazkur holatni tizimdagi ijobiy o‘zgarish va davlat tomonidan olib borilayotgan inson huquqlari sohasidagi islohotlar mahsuli sifatida ko‘rish mumkin.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati