Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili fuqarolarning ortiqcha qarzdorlik va yo‘llanma olish bo‘yicha murojaatlarini hal etdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Mazkur hamkorlik doirasida Sirdaryo tumani Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan fuqarolar qabuliga kelgan “Ilg‘or” MFY, Bog‘ichaman ko‘chasida yashovchi fuqaro N.D.ning murojaati ijobiy hal etildi. U asmatik kasalligidan davolanish uchun yo‘llanma olish bo‘yicha yordam so‘ragan edi. Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Alimovning tegishli tashkilotlarga qilgan murojaatidan so‘ng fuqaroga yo‘llanma berildi.

Shuningdek, Sirdaryo tumani, Elobod MFY yashovchi fuqaro S.O. isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun hisoblangan qarzdorlikdan noroziligi bo‘yicha murojaat qilgan. Murojaat tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan o‘rganilganda fuqaro murojaati asosli deb topilib, uning qarzdorligi bartaraf etildi.

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati