Murojaatlarni ko‘rib chiqishda koloniyaning sohaviy xizmatlar boshliqlari tomonidan har bir mahkum to‘g‘risidagi fikrlari inobatga olinib, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, tuzalish yo‘liga o‘tgan, jazoni o‘tash davomida koloniyada o‘rnatilgan ichki tartib qoidalariga to‘liq rioya qilgan 44 nafar mahkumga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73, 74, 113-moddalari talabi asosida insonparvarlik dalolatnomalarini qo‘llash haqida Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tuman sudiga iltimosnoma yuborildi.
Bundan tashqari mintaqaviy vakil Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tuman sudi ajrimiga asosan ozodlikka chiqarilgan Navoiy viloyatida tug‘ilgan S.X bilan suhbat o‘tkazdi. Suhbat davomida S.X jazoni o‘tash davrida to‘g‘ri xulosa chiqarganligini, kelgusida halol mehnat qilishini maʼlum qildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati