Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning mintaqaviy vakili tashabbusi bilan Namanganning chegara hududida sayyor qabul o‘tkazildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi bilan viloyat markazidan olisda bo‘lgan chegara hududida aholi bilan sayyor qabul tashkil  etildi.

Sayyor qabulda Ombudsmanning Namangandagi mintaqaviy vakili, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi bo‘limi, Adliyabo‘limi, Davlat xizmatlari markazi direktori, “Madad” NNT Yangiqo‘rg‘on tuman byurosi, Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudi raislari hamda tuman IIB mutassadi rahbarlari ishtirok etishdi.

Sayyor qabul jarayonida tushgan ko‘plab murojaatlar joyida mutasaddi tashkilot rahbarlarining nazoratlari asosida hal etildi.

Muddat talab qiladigan murojaatlar taaluqliligi bo‘yicha o‘rganishga yo‘naltirildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati