Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ichki ishlar organlari xodimlari bilan huquqiy targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
Davlat rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-sentyabrdagi Farmonida aholi orasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish sohasidagi xalqaro va milliy qonunchilik normalarini targ‘ib qilish, shuningdek, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish Ombudsmanning inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashdagi eng ustuvor vazifasi etib belgilangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021-yil 26-iyundagi PQ–5163-son Qarorida qiynoq holatlarining oldini olish yuzasidan bir qator vazifalar belgilab berilgan.

Qolaversa, yuqorida qayd etilgan Farmon bilan joriy etilgan Ombudsmanning mintaqaviy vakillariga inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-maʼrifiy ishlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda amalga oshirish asosiy vazifa sifatida qayd etilgan.

Qayd etilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 17 iyun kuni Ombudsmanning Jizzax viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili O‘tkir Jo‘rayev Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qiluvchi xodimlar o‘rtasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan huquqiy targ‘ibot yig‘ilishini o‘tkazdi.

Ushbu huquqiy targ‘ibot yig‘ilishi Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati bilan hamkorlikda tashkil etildi hamda yig‘ilishda bevosita inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga masʼul bo‘lgan sohaviy xizmat rahbar va xodimlari, jumladan viloyatning hududiy ichki ishlar organlari boshliqlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosarlari, Vaqtincha saqlash hibsxonalari boshliqlari, Maxsus qabulxona boshlig‘i va xodimlari ishtirok etdi.

Huquqiy targ‘ibot yig‘ilishida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, qiynoq holatlarining oldini olish, bu illatga butunlay barham berish yuzasidan mamlakatimizda Davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar, shu bilan bir qatorda “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati yetkazildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati