Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Xorazm viloyatining chekka hududidan yuborilgan fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
Xorazm viloyati Gurlan tumani Nukus ko‘chasida yashovchi fuqaro A.A.ning Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) nomiga yozgan arizasi o‘rganish uchun vakilning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Ollayorovga yuborilgan edi. Murojaatchi arizasida sog‘lig‘i yomonlashgani sababli nogironlikni belgilash hamda ijtimoiy qo‘llab quvvatlash bo‘yicha yordam so‘ragan.

Ombudsmanning Xorazmdagi mintaqaviy vakili mazkur murojaatni o‘rganishga Gurlan tuman hokimligi mutaxassisi M.Yo‘ldoshev, tuman tibbiyot birlashmasi shifokori A.Atajanov, "Yangi asr" MFY raisi X.Hayitov, tuman xokimi yordamchisi S.Yusupovlarni ham jalb etdi.

O‘rganish davomida haqiqatan ham hozirgi kunda murojaatchi A.Atabayevning sog‘lig‘i yomonlashganligi aniqlanib, unga davolanishi uchun tuman tibbiyot birlashmasiga yo‘llanma berildi. Shuningdek, nogironlikni belgilash bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi.

Shu bilan birga, Gurlan tumani xokim yordamchisi fuqaro A.A.ga oilaviy biznes bilan shug‘ullanishi uchun kredit ajratish masalasida amaliy yordam berishni o‘z zimmasiga oldi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati