Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ish stajlari hisobga olinmagan fuqarolar manfaatida Ombudsman tomonidan sudlarga daʼvo arizalari kiritildi
Fuqaro S.Z., t.Q., Sh.A. va R.M.lar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) shikoyat bilan murojaat qilib, fuqarolar shikoyatlarida Jizzax shahar bo‘limi pensiya va nafaqalarni tayinlash komissiyasi qarorlarini bekor qilinishi, ular tomonidan ish stajini qayta hisoblab chiqilishida yordam so‘ragan.

Mazkur murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartibda har tomonlama o‘rganilishi maqsadida, ular Ombudsmanning mintaqaviy vakili O‘tkir Jo‘rayev tomonidan fuqarolarning bevosita ishtirokida barcha zaruriy hujjatlar bilan o‘rganilgan.

Aniqlanishicha, fuqaro S.Z., t.Q., Sh.A. va R.M.larning mehnat faoliyati davomida maʼlum bir ishlash davridagi ish haqi to‘g‘risidagi maʼlumotlar arxivda saqlab qolinmaganligi sababli, pensiya tayinlanishida ish stajiga qo‘shib hisoblanishi rad etilgan.

Ombudsman tomonidan fuqaro S.Z., t.Q., Sh.A. va R.M.larning shikoyatlari asosida maʼmuriy ishlar bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudiga daʼvo arizalari kiritildi.

Maʼmuriy ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining 2022 yil 23 iyundagi hal qiluv qarorlari bilan arizalar qanoatlantirilib, S.Z., t.Q., Sh.A. va R.M.larning pensiyasi hisoblab chiqilishida maʼlum davrdagi ish stajlari qo‘shib chiqilishi majburiyati Jizzax shahar pensiya bo‘linmasiga yuklatilgan.

Sud tomonidan huquqni tiklanishi natijasida fuqarolar S.Z., T.Q., Sh.A. va R.M.larning pensiya miqdorining oshishi kafolatlandi.

Eslatib o‘tish joizki, arizalar Ombudsman tomonidan kiritilganligi uchun fuqarolar davlat boji to‘lashdan ozod etilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati