Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili viloyat Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda fuqarolar qabulini o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

2022 yil 12 avgust kuni mazkur hamkorlik doirasida Sayhunobod tumani Xalq qabulxonasi binosida Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Alimov hamda tuman Xalq qabulxonasi mudiri Shavkat Yunusaliyevlar tomonidan fuqarolar qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida tumanda yashayotgan 10 nafar fuqarolar qabul qilinib, shundan 6 nafariga huquqiy tushuntirish berilib, 1 nafar fuqaro murojaati nazoratga olindi, 3 nafarining murojaati joyida hal etildi.

Jumladan, Sayhunobod tumani, “Nurli yo‘l” MFY yashovchi fuqaro B.M. 6 oy davomida mehnatga layoqatsizlik davrida bo‘lib ishga kelganida rahbar tomonidan ishga quyilmaganligidan norozi bo‘lib murojaat qildi. Mazkur murojaat mintaqaviy vakil nazoratiga olindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati