Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qoraqalpog‘istonda bo‘lgan voqealarni yoritishda inson huquqlari buzilganmi
23 avgust kuni Komissiya Shtabiga kelgan fuqarolar sonining ko‘pligi sababli, Komissiya aʼzolari ish rejasiga o‘zgartirish kiritildi. Dastlab shtabga kelgan barcha fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi. Baʼzi masalalarda huquqiy tushuntirish berish bilan kifoyalangan bo‘linsa, baʼzi murojaatlar nazoratga olindi.

Maʼlumki, xorijiy va mahalliy OAVlari Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarga eʼtibor qaratayotganligi tabiiy hol bo‘lib, inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar va huquq himoyachilari voqealar yuzasidan uzluksiz axborot berib bormoqda.

Tashrif buyurgan murojaatchilarimiz orasida ko‘plab fuqarolar xorijiy huquqni himoya qilish tashkilotlarining eʼtibor markaziga tushganligi va baʼzi yolg‘on xabarlarda nomlari keltirilganligi holatlari haqida maʼlum qilishdi. 

Taʼkidlash joizki, Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarda ishtirok etganlikda gumon qilinib, olib ketilgan shaxslarning oila aʼzolari bilan suhbat davomida ulardan ayrimlari ijtimoiy yordamga muhtoj ekanliklarini bildirishdi. Murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilib, tegishli mutasaddi tashkilotlarga yozma murojaatlar yo‘llandi. Natijada Komissiyasi tavsiyasiga ko‘ra, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligiga tomonidan ushbu ehtiyojmand oilalarga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Kunning ikkinchi qismida QRdagi mahalla faollari hamda Oliy taʼlim muassasalari masʼul xodimlari va pedagoglari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, aholi kayfiyati o‘rganildi. Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqea va hodisalar yuzasidan anonim so‘rov o‘tkazildi.

Mazkur so‘rovnomada Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarni kelib chiqish sabablari, unga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ko‘rilgan choralar, yaralanganlarga nisbatan ko‘rsatilgan tibbiy xizmat sifati, qiynoq va zo‘ravonlik hamda boshqa jihatlar qamrab olingan.

Maʼlumot uchun hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasida iyul oyida bo‘lib o‘tgan voqealarni o‘rganish maqsadida tuzilgan Mustaqil Komissiyasiga @Independentuzb_bot orqali onlayn murojaat qilish imkoniyati ham yaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, murojaat mualliflarning shaxsi oshkor qilinmaydi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati