Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda ishtirok etganlikda gumonlanayotgan 10 nafar shaxsning qamoq ehtiyot chorasi uy qamog‘iga almashtirildi
30 avgust kuni Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarni mustaqil ravishda o‘rganayotgan Komissiya aʼzolari taklifi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra, Bosh prokuratura tomonidan 24 nafar gumonlanuvchining jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarilgani haqida xabar bergan edik.

Shu kunning o‘zida yana 10 nafar fuqaroning qamoq ehtiyot chorasi insonparvarlik tamoyili asosida uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirildi.

30 avgust kunining o‘zida jami 34 nafar fuqaro insonparvarlik tamoyili asosida oilasi bag‘riga qaytarildi.

Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuraturaga kiritilgan ro‘yxat, Komissiya aʼzolariga namoyishlarda ishtirok etganlikda gumon qilinib, olib ketilgan shaxslarning oila aʼzolari tomonidan qilingan murojaatlarining o‘rganilishi va gumonlanuvchilar bilan shaxsan suhbatlashish asosida shakllantirilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati