Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning 2022 yilning 8 oyi davomida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha faoliyat natijalariga bag‘ishlangan brifing
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda uning mintaqaviy vakillari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni Qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi taʼminlanmoqda.

2022 yilning 8-oyi davomida Vakil nomiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan jami 9 166 ta murojaat kelib tushgan. Bu ko‘rsatkich 2021 yilning 8 oyida jami 8 742 tani tashkil etgan.

Joriy yilning 8 oyi davomida yuborilgan jami murojaatlarning 862 tasi shaxsiy qabulda, 41 tasi sayyor qabullarda, 3 314 tasi pochta va telegraf aloqasi orqali, 63 tasi “Ishonch telefoni” orqali, 504 tasi Ombudsmanning info_ombudsman.uzb@umail.uz elektron pochta manzili orqali, 175 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali va 3 712 tasi www.pm.gov.uz internet portali orqali qabul qilingan.

Jami murojaatlarning 5,4% yaʼni 495  tasi Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga yuborilgan.

Takroriy kelgan murojaatlar 2 448 tani tashkil etdi, murojaatlarning 70 tasi belgilangan tartibda anonim deb topildi.

Murojaatlarning 14,2% fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklariga oid, 33% ijtimoiy huquqlariga oid, 25,8% iqtisodiy huquqlariga oid, 15% siyosiy huquqlariga oid va 1% ekologik huquqlarga tegishlidir.

Murojaatlarning 53 tasi yaʼni 0.6% xorijdan kelib tushgan bo‘lib, shulardan 16 tasi xorijiy davlatlarning inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmanlaridan kelib tushgan.  

Yuqorida tasnif etilganlardan tashqari, fuqarolarning davlat ijro hokimiyati, davlat boshqaruvi organlari xodimlarining murojaatchilarga nisbatan muomala madaniyatiga amal qilinmaganligi yuzasidan 822 (10.4%) murojaatlar kelib tushgan.

Ombudsmanning o‘ziga yuborilgan 8 671 ta murojaatdan 2 532 tasi parlament nazorati subyekti sifatida nazoratga olingan. 979 ta murojaat bo‘yicha murojaatchiga batafsil huquqiy maslahat va tavsiyalar berilgan. Qolgan 5 160 ta murojaatlar tegishliligi bo‘yicha vakolatli tashkilotlarga mazmunan ko‘rib chiqish uchun yuborilgan. 70 tasi esa belgilangan tartibda anonim deb topilgan.

Jami kelib tushgan murojaatlarning 1 753 tasi yaʼni 26%,  nazoratga olingan murojaatlarning esa 88,4 % ijobiy hal etilgan.

Murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilinganidan, eng ko‘p murojaatlar Qashqadaryo viloyatidan (1 650 ta), Toshkent shahridan (1 510 ta), Surxondaryo viloyatidan (1184 ta), Toshkent viloyatidan (696 ta), Samarqand viloyatidan (668 ta) bo‘lgan. Eng kam murojaatlar Sirdaryo viloyatidan (216 ta) va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan (212 ta) kelib tushgan.  

Ombudsman tomonidan 2022 yil 8 oy davomida fuqarolarning manfaatlarida tashkilotlarga 52 ta taʼsir choralari  qo‘llanildi. Bu ko‘rsatkich 2021 yil 8-oyligida 38 tani tashkil etgan. Bu yilgi 52 ta taʼsir choralari sifatida davlat organlari va tashkilotlariga 9 ta taqdimnoma va 27 ta Vakil xulosasi hamda sudlarga 26 ta daʼvo ariza va arizalari kiritildi. Ombudsman Kotibiyati xodimlari tomonidan sud majlislarida 32 marotaba kuzatuvchi sifatida ishtirok etildi. Shulardan jinoyat ishlari bo‘yicha sud majlislarida 8 marotaba va fuqarolik ishlari bo‘yicha sud majlislarida 24 marotaba ishtirok etildi. .

Fuqarolarning manfaatlari va majburiyatlardan, jumladan,  qarzdorligi,  sog‘lig‘iga yetkazilgan zararlar, moddiy va maʼnaviy zararlar va boshqa majburiy to‘lovlar oqibatida yuzaga kelgan huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq murojaatlar o‘rganilishi natijasida jami 143 mln so‘mdan ortiq mablag‘lar fuqarolar foydasiga undirilgan.

Bundan tashqari 31 mln so‘mdan ortiq aliment to‘lovlari undirilishi taʼminlangan.

Fuqarolarning ish haqi va mehnat munosabatlari bilan bog‘liq to‘lovlar bo‘yicha undirilgan jami summa – 163 mln 450 ming so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, 4 nafar fuqaro ishga tiklangan, 2 nafar fuqaro ish bilan taʼminlangan.

Ombudsmanning fuqarolar manfaatlarida yo‘llagan so‘roviga asosan tashkilotlar tomonidan sudlarga 7 ta daʼvo arizalar kiritildi.

Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganilishi va tegishli tashkilotlarga yuborilgan murojaatlarga muvofiq fuqarolarga jami – 15 mln so‘mga yaqin moddiy yordam, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun subsidiya va boshqa turdagi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun moliyaviy yordam ajratildi. Shuningdek, 5 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga, 2 nafar fuqaro “Temir daftar”ga kiritildi. 1 nafar fuqaroga uy-joy ajratilishi taʼminlandi.

Fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlar mansabdor shaxslari xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib yozgan murojaatlarini o‘rganish natijasida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 3 nafar masʼul xodimlari o‘z vazifasini lozim darajada bajarmaganligi uchun intizomiy javobgarlikka tortilgan, 1 nafariga qattiq ogohlantirish berilgan. 

Ombudsman so‘roviga asosan, vakolatli davlat organlari tomonidan masʼul mansabdor shaxslarning harakatlarida qonunbuzilish holatlari mavjudligi aniqlanib, 1 nafar mansabdor shaxs egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 3 nafar masʼulga “hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llanilgan, 4 nafar masʼulga o‘rtacha oylik ish haqining 30% miqdorida “jarima” intizomiy jazosi qo‘llanilgan, 2 nafar masʼul ishiga sovuqqonlik bilan yondashgani uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

 Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati