Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyati mintaqaviy vakili, Farg‘ona viloyat hokimligi huzuridagi Ijtimoiy ko‘nikma markazi, Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, probatsiya boshqarmasi, viloyat Mehnat boshqarmasi, Farg‘ona shahar Monomarkazi vakillari ishtirok etishdi.
Suhbatda tergov hibsxonasida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarni jazo muddatini o‘tab, yashash joylariga qaytganlaridan so‘ng, ularni ijtimoiy xayotga moslashtirish, bandligini taʼminlash bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishga joylashtirishga ko‘maklashish, ularni jamiyatda o‘z o‘rinlarini topib ketishlariga ko‘maklashishda olib boriladigan ishlar bilan tanishtirildi.
Shuningdek, mahkumlarga jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilganlaridan so‘ng, kasb-hunar o‘rganish ishtiyoqida bo‘lgan shaxslar uchun Monomarkazlarda yaratilgan imkoniyatlar, monomarkaz faoliyati va joylarda qayta o‘qitishga ixtisoslashtirilgan markazlar faoliyati hamda probatsiya nazorati va ularni vazifalari to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berildi.
O‘zaro muloqot davomida mahkumlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati