Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Navoiyda Konimex tumanidagi 5 ta mahallalar faollari uchun “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi
“Ombudsman maktabi” loyihasining navbatdagi tadbiri Navoiy viloyati,  Konimex tumani, Musiqa maktabida  o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv-mashg‘ulotiga “Do‘stlik”, “Birlik”, “Guliston”, “Navro‘z” va “Sho‘rtepa” MFY aholisining keng qatlami - yoshlar, ayollar, keksa va nuroniylar jalb etilganligi ishtirokchilarni mamlakatimizda xalq farovonligi, aholining turmush darajasini oshirish borasida olib borilayotgan tub islohotlar borasida xabardorligini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan ushbu tadbir bandlikni taʼminlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlik va hunarmandchilikni yo‘lga qo‘yish, kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amaldagi tartiblar, imtiyozlar va imkoniyatlar.masalalariga bag‘ishlandi.

Unda viloyat Bandlik boshqarmasi boshlig‘i E.Avezov, viloyat Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi viloyat boshqarmasi, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi boshliqlari tomonidan sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, aholiga yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlar to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berildi.

O‘quv mashg‘ulotni olib borgan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Djurayev Ombudsman instituti tarixi, uning faoliyatini huquqiy asoslari vakolat va vazifalari hamda murojaat qilish usullari va ular bilan ishlash tartibiga to‘xtaldi.

 “Do‘stlik”MFY oqsoqoli J.Qoraboyev Ombudsman maktabi tadbirda aholiga bandlik masalasi bo‘yicha bolalar nafaqasi, bir martalik moddiy yordam, subsidiya hamda ish o‘rinlarini yaratish borasida berilgan maʼlumotlar o‘ta zarur ekanligi, mana shunday uchrashuvlarning doimiy o‘tkazilishi  fuqarolarning huquqiy bilim va madaniyatini oshirilishida muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Tadbirda so‘z olgan “Birlik” maxalla fuqarolar yig‘ini raisi  Ruzigul Muratova Inson huquqlarini taʼminlashda aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim ekanligiga eʼtibor qaratdi. Fuqarolarning qancha huquqiy xabardorligi va madaniyati yuqori bo‘lsa shuncha ovoragarchilikning oldi olinishini shuningdek, bu kabi tadbirlarni o‘tkazishda Ombudsman instituti mintaqaviy vakilligi bilan mahalla institutining hamkorligini muntazam yo‘lga qo‘yilishi zarur ekanligini taʼkidladi.

Tadbirda Konimex tumani hokimi R.Ro‘ziyev ishtirok etib, Ombudsman tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Ombudsman maktabi” loyihasini aholiga zarur bo‘lgan tadbir ekanligiga alohida urg‘u berdi va qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek o‘zaro muloqotlar davomida tanlangan sohalar va masalalar bo‘yicha faoliyat yuritadigan vakolatli davlat organlariga asoslantirilgan murojaatlarni kiritish va ularni ko‘rib chiqish tartibi bo‘yicha aholining huquqiy madaniyati oshirilishi, fuqarolarga amaliy va manzilli yordam ko‘rsatishda davlat organi va aholi o‘rtasida konstruktiv aloqalarning o‘rnatilishiga xizmat qilishini taʼkidladi.

Tadbir so‘ngida fuqarolar murojaatlari ham qabul qilindi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati