Murojaat o‘rganilishi natijasida, murojaatchi “Mirzaobod chiroyi” dehqon bozori MCHJda ishlagani va 2021-2022 yillarda ishlagan davri uchun ish haqini olmagani maʼlum bo‘ldi.
Shuningdek, u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda 2014-2022 yillardagi mehnat faoliyati bo‘yicha yakuniy hisob-kitob qilinmagani maʼlum bo‘ldi.
Fuqaro murojaati qonun talablari asosida o‘rganilib, tegishli hujjatlar to‘planib, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan murojaatchi manfaatida sudga daʼvo arizasi kiritildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudi tomonidan fuqaro S.X.ga 33 mln so‘mdan ortiq qarzdorlik undirib berilishi belgilandi.
Murojaatchining Ombudsmanga xabar berishicha, unga to‘lanishi kerak bo‘lgan qarzdorlik summasi to‘liq undirib berilgan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati