Tadbir davomida yoshlar huquqlarini taʼminlash, jumladan, ularga taʼlim, sog‘liqni saqlash, mehnat va tadbirkorlik faoliyatlarini yuritishlarida yetarli imkoniyatlarni yaratish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalarni hal etish bo‘yicha eng samarali xorijiy amaliyotlar haqida maʼlumotlar berildi.
Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova ham o‘z maʼruzasi bilan ishtirok etdi. U o‘z so‘zida O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanganligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga oid davlat siyosatida ikkita eng muhim yo‘nalish sifatida ularga zamonaviy bilim berish va yoshlar bandligini taʼminlash masalalari belgilanganligiga to‘xtaldi.
Shuningdek, Ombudsmanning yoshlar huquqlarini taʼminlashga doir faoliyati, xususan, ular tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar tahlili asosida tizimdagi masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda oliy taʼlim muassasalarida tuzilgan “Ombudsman klubi” va yosh kadrlar tayyorlashdagi mexanizmlar haqida maʼlumot berdi.
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati