Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Kasaba uyushmalari Ombudsman bilan hamkorlikda ishlaydi
Xabaringiz bor, 2022 yilning 9 noyabr kuni Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Memorandum imzolash jarayonida taraflar memorandum nafaqat markaziy tashkilotlar, balki Ombudsmanning viloyatlardagi mintaqaviy vakillari hamda Kasaba uyushmalari Federatsiyasining hududiy kengashlari o‘rtasida ham mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga va fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini himoya qilishga xizmat qilishi qayd etilgan edi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2022 yilning 19 noyabr kuni birinchilardan bo‘lib Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili va Kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat kengashi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tadbirda har ikki tashkilotning asosiy maqsad va vazifalari fuqarolar, shu jumladan, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat ekanligi, shunga ko‘ra, hamkorlik memorandumining imzolanishi asosiy maqsad va vazifalar ijrosini yangi bosqichga olib chiqishi taʼkidlandi.

Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Diyor Husanov,

– Bizga jismoniy shaxslar buzilgan huquqlarini tiklashda yordam so‘rab murojaat qilishsa, kasaba uyushmalariga muayyan mehnat jamoasida ishlaydigan fuqarolar murojaatchi bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, har ikki tashkilot ham fuqarolar huquqlarini tiklash uchun birdek masʼul. Shu bois biz faoliyatimizni hamkorlikda yo‘lga qo‘yish orqali mehnat huquqlariga oid mavjud muammolarga birgalikda yechim topish, o‘z navbatida profilaktik tadbirlar o‘tkazishga kelishib oldik. Bugun imzolangan memorandumda ayni shu masalalar rasman mustahkamlab qo‘yildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati